“Karcher”da ishlaydigan 18 yoshli yigit Malibu’ni olib qochib ketdi

  • 17:52 / 05.08.2021
  • 190

Namangan viloyatida 18 yoshli yigit Malibu’ni olib qochib ketgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2-avgust kuni soat 14:30 larda Namangan shahrida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli Osimxon A. shu yerda ishlab turib, yuvish uchun qoldirib ketilgan 25 yoshli Ayubxon A.ga tegishli bo‘lgan Malibu avtomobilini avvaliga yuvib, so‘ngra noma’lum tomonga boshqarib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida Malibu avtomashinasi Davlatobod tumani “Porloq” mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan.

Ayni paytda jinoyatchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Teglar