Karina Kapurga qarshi boykot eʼlon qilindi

  • 16:11 / 15.06.2021
  • 1005

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari taniqli hind aktrisasi Karina Kapurga qarshi boykot eʼlon qilishdi. Bunga aktrisaning filmda suratga tushish uchun haddan tashqari koʻp haq talab qilgani sabab boʻlgan.

Mahalliy nashrlarda Karina Kapurning Alaukiki Desaining yangi loyihasida Sita obrazida koʻrinish berishi uchun 12 kror (1 646 908 million dollar) miqdorida gonorar soʻragani haqidagi xabar tarqalgan. Internet foydalanuvchilari aktrisani eʼtiqodni haqoratlash va insofsizlik qilishda ayblamoqdalar. Ular bitta rol uchun bunchalar katta pul talab qilish odamgarchilikka zid ish ekanligini aytishgan.

Twitter ijtimoiy tarmogʻida #BoycottKareenaKhan xeshtegi trendga aylanmoqda.