Karlo Anchelotti “Real” bilan rasmiy shartnoma imzoladi 

  • 11:43 / 03.06.2021
  • 105

Italiyalik 61 yoshli mutaxassis 2020–2021-yilgi mavsum yakunida “Everton” bilan shartnomasini bekor qildi va yangi mavsum avvalida Madrid klubi bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan bitimni imzoladi.

Yangi ish joyida Anchelottiga 2016-yildan 2019-yilgacha “Real”da ishlagan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintus va Karloning o‘g‘li Davide Anchelotti yordam beradi.

Shuningdek, “Real” murabbiylar shtabidan Madrid klubining sobiq himoyachisi Alvaro Arbeola ham o‘rin oladi. 38 yoshli mutaxassis jamoaning yangi ustoziga assistentlik qiladi. 

Arbeola bungacha “Real” yoshlar jamoasida ishlagan va jamoani o‘z yosh toifasida Ispaniya chempioniga aylantirgan. Anchelotti “Real”dagi dastlabki davrida (2013–2015) ham “qirollik klubi”ning sobiq futbolchilari Zinedin Zidan va Fernando Yerrolarni o‘ziga yordamchi qilib olgan edi.

Eslatib o‘tish joiz, Anchelotti 2013-yildan 2015-yilgacha ham Madrid klubini boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.