Kech tushlik qilishning zararli jihatlari sanab oʻtildi

  • 13:02 / 09.06.2021
  • 182

Dietolog Tamara Dyuker Freyman tushlikdan voz kechish yoki kech tushlik qilishning zararli jihatlari haqida soʻz yuritdi.

Ekspertning aytishicha, tushlikdan voz kechish qon tarkibidagi shakar miqdorining oshib ketishiga sabab boʻladi. Agar inson kun davomida yaxshilab ovqatlanmasa, taomlanish istagi kechki payt “bosh koʻtaradi”.

Tushlikni oʻz vaqtida tanovul qilish ochlik hissini nazorat ostida ushlashga imkon berishi isbotlagan. Soha mutaxassislari tushlik vaqtida tarkibida oqsil mavjud boʻlgan taomlar isteʼmol qilish qilishni maslahat berishadi. Shuningdek, bu vaqtda choy, sharbat ichish, desert, pishiriq va shirinlik yeyish mumkin emas. Ular ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazadi.