Kecha O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus aniqlandi, 4 nafar bemor vafot etdi

  • 10:52 / 20.09.2021
  • 89

2021-yil 19-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168 938 (+501) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallikdan sog‘ayganlar jami 162 684 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Shu jumladan, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1 192 nafarni tashkil qildi.

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

19-sentabr kuni 95 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26 177 nafarga yetdi. 
Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 215 nafarga yetdi.