“Kelajaging uchun ovoz ber!”. “Targʻibot Poyezdi” guruhi aʼzolari ikki oliygoh talabalari bilan uchrashdi

  • 19:10 / 14.10.2021
  • 81

Bugun, 14-oktyabr kuni talaba-yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Targʻibot poyezdi”ning 10 nafar aʼzodan iborat targʻibot guruhi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filialiga hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻldilar.

                                      Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filiali

                                         Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Uchrashuv davomida talabalar bilan mavzuga doir viktorinalar tashkil qilinib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.