Kelasi haftada Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan AQShga boradi

  • 16:12 / 09.09.2021
  • 145

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 19–22-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan AQShga safar qilishi kutilmoqda.
“Prezident Erdo‘g‘an 19–22-sentyabr kunlari AQShga tashrif buyuradi”, deyiladi davlat rahbari administratsiyasi xabarida.
TRT Haber nashriga ko‘ra Prezident Erdog‘an BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida  o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Shuningdek, sammit doirasida uning ayrim davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.