Kelgusi 4 yildagi Chempionlar Ligasi finallariga mezbon shaharlar ma’lum qilindi 

  • 10:40 / 17.07.2021
  • 60

2023-yilgi Chempionlar Ligasi finali Istanbulga ko‘chirildi

UEFA keyingi 4 yildagi Chempionlar Ligasi finallari mezbonlarini ma’lum qildi

2021-yilgi Chempionlar Ligasi finali koronavirus tufayli Turkiyadan Portugaliyaga ko‘chirilgani sababli 2023-yil Myunxen shahrida o‘tishi kera bo‘lgan final o‘yini Istanbulga ko‘chirildi.

O‘z navbatida 2025-yil bo'lib o‘tadigan final ucharshuvi Myunxen shahrida bo‘lib o‘tishi belgilandi. 2024-yilgi final bahsiga esa London shahri mezbonlik qiladi.

Avvaldan rejalashtirilganidek, kelgusi, 2022-yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan finalni Sankt-Peterburg shahri qabul qiladi.