Keyn bir shart bilan “Tottenhem”da qolishga tayyor

  • 22:09 / 15.09.2021
  • 98

“Shporlar” hujumchi bilan tuziladigan yangi shartnomada istisno qilishi mumkin.

Hujumchi Harri Keyn “Tottenhem” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, agar shartnomada futbolchi uchun tovon puli belgilansa, Keyn ingliz klubi bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

“Tottenhem” futbolchilarining shartnomalariga kompensatsiyani qoʻshishdan bosh tortmoqda, ammo Keyn uchun istisno boʻlishi mumkin.

Agar tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishsa, u holda Keynning maoshi sezilarli darajada oshadi. Ammo, “Tottenhem” hujumchiga “Manchester Siti” toʻlashga tayyor boʻlgan yuqori maoshni taklif qilmasligi mumkin.

Qayd etish joiz, “shaharliklar” tarkibida Keyn barcha mukofot va bonuslarni qoʻshib hisoblaganda haftasiga 500 ming funt sterlinggacha ishlab olishi mumkin edi.

Maʼlumot uchun, ingliz futbolchisining “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yozida yakuniga etadi.