Kiellini Ispaniyaning grand jamoasi safiga yo‘l olishi mumkin

  • 13:50 / 17.07.2021
  • 88

Turinning  “Yuventus” klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatgan Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjio Kiellini Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda fichajes xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Real Madrid” 36 yoshli futbolchi uchun yangi klubga aylanishi mumkin. “Qaymoqranglilar” ustozi Karlo Anchelotti tajribali himoyachini transfer qilishga qiziqmoqda.

Avvalroq, OAVda “keksa senyore” rahbariyati hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan Killiniga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Jorjio Turin grandi tarkibida 2005-yildan beri harakat qilib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, yaqinda Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga aylangan himoyachi A Seriyaning o‘tgan mavsumida 17 uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.