Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya hukumatini keskin tanqid qildi

  • 17:57 / 03.05.2021
  • 285

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jon Janubiy Koreya hukumatini KXDR hududiga mamlakat siyosatiga qarshi varaqalar tarqatgan faollarga qarshi chora koʻrmaslik tufayli keskin tanqid qildi.

Bundan bir muddat avval Janubiy Koreyaning “Shimoliy Koreya ozodligi uchun harakat ittifoqi” faollari guruhi 10 ta ulkan havo shari yordamida Shimoliy Koreya hududiga tashviqot varaqalari, 500 ta risola va besh mingta bir dollarlik kupyura yuborgan.

Kim Yo Jon mazkur aksiyani “kechirib boʻlmaydigan igʻvo” deb atadi. U Janubiy Koreya hukumatini bunday holatga yoʻl qoʻyganligini uchun keskin tanqid qilgan.

Koreya Mehnat partiyasi Markaziy komitetining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yurituvchi Kim Yo Jon qoʻshni mamlakat hukumatiga qarshi javob choralari koʻrilishini taʼkidladi.