Kimlar ambulatoriyada dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanadi? 

  • 13:34 / 21.01.2020
  • 376

2013-yil 22-iyulda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqqan. 
Unda Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari belgilangan.  

Jumladan: 
– Onkologik kasalliklarga chalinganlar;
– Sil kasalligiga chalinganlar;
– Moxov kasalligiga chalinganlar;
– Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
– Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
– OIV kasalligini yuqtirganlar;
– Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operasiya qilingan shaxslar;
– O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
– 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
– 1941-1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
– Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
– Baynalmilalchi jangchilar;
– Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar. 

Shuningdek, mazkur qaror bilan “Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ham tasdiqlangan. 

Mazkur qaror 2013-yil 1-sentabrdan kuchga kirgan.