Kimlarga koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beriladi?

  • 13:26 / 22.07.2021
  • 246

Mutaxassislar tomonidan COVID-19’ga qarshi emlashga monelik (to‘siqlik) qiluvchi holatlar sanab o‘tildi.

Unga ko‘ra:
–  vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar;
–  anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari bo‘lgan shaxslar;
–  o‘tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar; 
–  homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida maьlumot yetarli emasligi sababli);
–  18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
–  OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga  xavfsizligi to‘g‘risidagi maьlumot yetarli bo‘lmagani sababli).

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyaning o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan  shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar,  karantin muddati tugaganidan so‘ng emlanadilar.

Shuningdek, emlashga bo‘lgan barcha turdagi mone’liklar, emlash punktlarida ro‘yxatga olinadi. Bir oygacha va undan ko‘p muddatga berilgan tibbiy cheklovlar immunologik komissiya aьzolari tomonidan ko‘rib chiqiladi va shunga asosan yakuniy xulosa qilinadi. Emlashga mone’ligi bo‘lgan shaxslarni davolash, sog‘lomlashtirish rejalari tuziladi va har bir shaxsga alohida individual emlash rejasi tuziladi. Emlanishga mone’ligi bo‘lgan shaxslarning ambulatoriya kartalarida va tibbiy cheklovlarni ro‘yxatga olish jurnalida tibbiy cheklovlar to‘g‘risidagi maьlumotlar qayd etiladi.