Koinotdagi eng kichik qora tuynuk topildi 

  • 07:36 / 23.04.2021
  • 181

Ogayo universiteti olimlari Yerdan 1500 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan qora tuynukni topishdi. U Yer sayyorasiga eng yaqin joylashgan va shu kunga qadar olimlar tomonidan aniqlangan qora tuynuklarning eng kichigidir. 

Obyektga “Yakkashoh” deya nom berilgan. U og‘irlik jihatidan Quyoshdan uch marta kattaroq, bu qora tuynuklar uchun katta ko‘rsatkich emas. Olimlar uni tuynukka gravitatsion jihatdan bog‘langan qizil gigant yordamida topishgan. Yorug‘lik va yulduzning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar tuynuk mavjud ekanligini aniqlashga imkon bergan.

Avvaliga mutaxassislar obyekt juda kichkina bo‘lgani uchun uning qora tuynuk bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmagan. Ammo, ma’lumotlar o‘rganib chiqilganidan keyin qizil gigant qora tuynuk ta’sirida ekani aniqlangan.