Kolumbiyada tartibsizliklar davom etmoqda: 840 nafar fuqaro jarohat oldi

  • 14:24 / 04.05.2021
  • 46

Kolumbiyada deyarli bir haftadan beri soliq islohotlariga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Mamlakat prezidenti Ivan Duke soliq islohoti loyihasi inkor etilgani va QQS benzin, kommunal toʻlovlar hamda daromad soligʻi bazasiga nisbatan qoʻllanilishi gʻoyasidan voz kechganiga qaramay, fuqarolar namoyishni davom ettirmoqdalar.

Namoyishlar chogʻida 840 kishi, jumladan 540 nafar politsiya xodimi jarohatlangan. 431 nafar fuqaro qonunni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʻlga olingan.

Kolumbiya Mudofaa vaziri Diego Molano Aponte yakshanba kuni mamlakat armiyasi namoyishchilar faol harakat qilayotgan bir qator shaharlarda tartib oʻrnatishga jalb qilinishini aytib oʻtdi.

Maʼlumotlarga koʻra, norozilik namoyishlari boshlanganidan beri mamlakat hududidagi 94 ta bank, 254 ta doʻkon, ikkita maʼmuriyat binosi va 64 ta politsiya boʻlinmasi vayron qilingan.