Kongoda “qotil-vulqon” uygʻondi: 1,5 million kishining hayoti xavf ostida

  • 10:20 / 23.05.2021
  • 111

Kongo Demokratik Respublikasi hududida joylashgan va Afrikadagi eng xavfli vulqonlardan biri hisoblangan Niragongo vulqoni uygʻondi. Ayni vaqtda hududida 1,5 million kishi yashaydigan Goma shahri xavf ostida boʻlib turibdi.

Niragongo mamlakatning shimoliy qismida, Ruanda chegarasi yonida joylashgan. Ushbu vulqon lavasi gʻayrioddiy tarzda suyuq va oquvchandir, shu sababli oqim tezligi soatiga 100 kilometrgacha yetishi mumkin.

Vulqonda 1882-yildan beri 34 marta faollik kuzatilgan boʻlib, eng kuchli faollik 1977-yilda qayd etilgan. Oʻsha vaqtda lava oqimi 600 kishining oʻlimiga sabab boʻlgandi.