Kongoda tinimsiz ravishda yer silkinishlari kuzatilmoqda

  • 11:21 / 30.05.2021
  • 86

Kongo Demokratik Respublikasidagi Niragongo vulqoni otila boshlashi natijasida soʻnggi 24 soat ichida 61 marta zilzila qayd etildi.

Seysmologlar tomonidan taqdim etilgan bayonotnomaga koʻra, yer silkinishlari Niragongo vulqoni joylashgan hududdagi magmaning davomli harakati natijasida sodir boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “qotil-vulqon” deya nom olgan Niragongo 23-may kunidan beri faol holatda. Hududda yashovchi aholi vakillari xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinmoqda.