Kongoda vulqon otilishi oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi

  • 16:41 / 24.05.2021
  • 95

Kongo Demokratik Respublikasidagi Niragongo vulqonining otilishi oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishini tashkil qilmoqda. Vulqon otilishi ortidan hududda 10 marta zilzila qayd etilgan. Aholi vakillari evakuatsiya qilinyapti.

Hukumat vakillari mamlakat fuqarolarini ogoh boʻlishga, kerakli choralarni koʻrishga va hozircha oʻz uylariga qaytmaslikka chaqirmoqdalar.

Vulqon lavasi Goma aeroportigacha yetib kelgan, u yoʻlida uchragan uylarni yakson qilmoqda.