Konor Habibning so‘zlaridan ranjidi. U ijtimoiy tarmoqda Habibga otasining o‘limini eslatdi

  • 20:27 / 28.07.2021
  • 354

Makgregor va Porye jangi atrofidagi gap-so‘zlar hali ham yakunlangani yo‘q.

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning Dastin Porye bilan bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng bayon etgan so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Championat” ma’lum qildi 

Amerikalik jangchi Dastin Porye, Makgregor ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Habib Nurmagomedov shunday yozgan: “Yaxshilik doim yomonlik ustidan g‘alaba qozonadi”. Habibning bu so‘zlari Makgregorni ranjitgan va u “Demak, koronavirus yaxshi, otasi esa yomonmi?” - deya so‘roq bilan yozib qoldirgan. 

Ehtimol, irlandiyalik Xabibning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limiga ishora qilgan. U bir yil oldin koronavirus bilan kasallanganidan keyin, asoratlar natijasida vafot etgan edi.

Eslatib o‘tish mumkin, UFC 264 kechasida bo‘lib o‘tgan Makgregor Porye jangning birinchi raundi oxirida Konor nojoiz harakatdan so‘ng, oyog‘ini sindirib olgan edi. 

Natijada irlandiyalik sportchi hisobiga texnik mag‘lubiyat yozilgan edi. Jangdan ko‘p o‘tmay, u operatsiya qilindi. Ma’lum bo‘lishicha endi sportchi jarohatni bir yilga yaqin vaqt mobaynida davolashiga to‘g‘ri keladi.

Teglar