Konor Makgregor: “Habibning farzandlarini yeb qoʻygim kelyapti”

  • 13:44 / 06.08.2021
  • 538

Irlandiyalik sportchi yana oʻz raqiblariga bosim oʻtkazishda davom etmoqda.

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yana bir bor Habib Nurmagomedovning jigʻiga tegib, unga ruhiy bosim oʻtkazishga urinmoqda. Bu haqda Championat xabar berdi.

“Habib, sening farzandlaringni yegim kelyapti (Mayk Taysonning mashhur tahdidi)! Qachon u oxirgi marta farzandlarini koʻrdi? Shuningdek, xotini, onasini. Amerika tomonlarda yurguncha ularga koʻproq vaqt ajrat.

Bilib qoʻy, keyingi safar omading kelmaydi”, — deya oʻzining Twitter sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.

Maʼlumot uchun, 2015-yilning iyun oyida Habibning qizi Fatima, 2017-yilning dekabrida oʻgʻli Magomed dunyoga kelgan. 2019-yilning 22-dekabrida esa sportchining uchinchi farzandi ham tugʻilgan.

Teglar