Kopengagen dunyodagi eng xavfsiz shahar deb tan olindi

  • 17:34 / 25.08.2021
  • 270

Daniya poytaxti Kopengagen – dunyodagi eng xavfsiz shahar deb tan olindi. “Economist Intelligence Unit” tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda shaharlardagi xavfsizlik darajasi raqamli texnologiyalar, sogʻliqni saqlash, infratuzilma, shaxsiy va ekologik jihatlar boʻyicha baholangan.

Kopengagen shahri 100 balldan 82,4 ball olib reytingdagi yetakchilikni egallagan va Tokio, Singapur hamda Osaka shaharlarini ortda qoldirgan.

Eng xavfsiz shaharlar oʻntaligiga Yevropadagi Amsterdam va Stokgolm shaharlari ham kirgan.

Reytingdagi ikkinchi oʻrinni Toronto, uchinchi oʻrinni esa Singapur shaharlari band etdi.

2019-yilda dunyoning eng xavfsiz shaharlari sifatida Tokio, Singapur va Osaka tan olingan edi.