Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarodan $5 ming undirgan firibgar ushlandi

  • 15:53 / 19.05.2021
  • 160

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro I.O. fuqaro H. ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali davlat tomonidan ajratilgan kvotalar asosida Koreya davlatiga ishlashga yuborishga va’da berib, 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.O. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.