Koreyaga o‘qishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar firma faoliyatiga chek qo‘yildi

  • 11:31 / 15.06.2020
  • 527

 Asakada Koreya davlatiga o‘qishga yuborish bahonasi bilan fuqarolarning 20 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan muassasa faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.
 
Bosh prokuratura vakili Xayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “S.” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari T.N. va boshqalar 2019-yil davomida bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatidagi oliygohlarga o‘qishga kiritib qo‘yish hamda viza olib berish evaziga 3 ta holatda 20 300 AQSh dollari va 8 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan N.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.