Koʻrish qobiliyatini asrash uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak?

  • 10:05 / 22.09.2021
  • 320

Bu savol koʻpchilikni qiziqtiradi, sababi JSST maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 188,5 million kishi miopiya (uzoqni yaxshi koʻra olmaslik) ning yengil, 217 million kishi esa ogʻir turidan aziyat chekadi.

1. Koʻzga ogʻir bosim tushirib qoʻymang.

Kompyuter qarshisida ishlar ekansiz, har soatda 10 daqiqalik tanaffus qiling. Koʻzlar va kompyuter monitori orasidagi masofa 50-60 sm, mutolaa vaqtida kitob va koʻzlaringiz orasidagi masofa 30-35 sm boʻlishi kerak.

2. Transport vositasida mutolaa qilmang.

Transport vositasi silkingan vaqtda koʻzlarga ogʻirlik tushadi, buning natijasida koʻrish qobiliyatiga zarar yetadi.

3. Quyoshli kunlarda koʻzoynak taqing.

Havo issiq boʻlgan paytlarda koʻzlaringizni ultrabinafsha nuridan himoya qilish uchun qora koʻzoynak taqing. Bu koʻrish qobiliyatini asrashga yordam beradi.

4. Chang va tutundan ehtiyot boʻling.

Chang va tutun taʼsiri ostida koʻzlar yalligʻlanib qolishi mumkin. Agar chang va tutun boʻlgan joyda ishlashingizga toʻgʻri kelsa, himoya koʻzoynagini taqib oling.

5. Tomirlar salomatligiga eʼtibor qarating.

Odatda diabet va gipertoniyadan aziyat chekuvchi insonlarning aksariyatida koʻz kasalliklari ham rivojlanadi.

6. Taomnomaga eʼtibor qarating.

Zararli mahsulotlar isteʼmolidan voz kechish koʻzlaringiz salomatligi va koʻrish qobiliyatini asrashga yordam beradi.

7. Yilda bir marta oftalmologga uchrang.

Profilaktika maqsadida yilda bir marta oftalmolog huzuriga borib, koʻrish qobiliyatini tekshirtiring. Agar biror muammo paydo boʻlsa, shifokor koʻrsatmasiga koʻra davolanishni boshlang.