Koronavirus pandemiyasi davrida to‘yxonalar faoliyati yuzasidan yana bir o‘zgarish kiritildi

  • 22:30 / 19.07.2021
  • 264

Yaqinda tegishli sohaga mas’ul tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20-iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

Shuningdek, yana bir kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, shu yil 20-iyuldan agar to‘yxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda  sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1-avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.