Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga koronavirusga qarshi kurash uchun 3 mlrd. dollar ajratyapti

  • 15:35 / 18.07.2021
  • 113

Xitoy hukumati Covid-19 pandemiyasi asoratlariga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan davlatlarga 3 mlrd. AQSh dollari ajratishini ma'lum qildi.

Mazkur mablag‘ yaqin uch yil ichida xalqaro hamjamiyatga yetkazib beriladi. Bu haqda 16-iyul kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) rahbarlarining norasmiy uchrashuvida aytib o‘tgan.

Si Szinpinning ta’kidlashicha, Xitoy hozirda pandemiya va ommaviy emlanish bilan bog‘liq muammolarni yengib o‘tgan, shu bilan birga, boshqa davlatlarga 500 mln. dozada vaksinalar jo‘natgan.

“Yaqin uch yil ichida Xitoy epidemiyalarga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tiklash uchun yana 3 milliard dollarlik xalqaro yordam ajratadi”, — deydi Xitoy rahbari.

Shuningdek, u Xitoy COVID-19 vaksinasi uchun intellektual mulk huquqidan ozod etishni qo‘llab-quvvatlashini, rasmiy Pekin vaksinalarni yetkazib berish jarayonida barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.