Koronavirusning yana bir xavfli asorati aniqlandi

  • 16:58 / 12.06.2021
  • 389

Koronavirus bilan kasallangan ayrim bemorlarda quloq bitishi oqibatida eshitish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi maʼlum qilindi. Bu haqda rossiyalik epidemiolog Natalya Pshenichnaya ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bemorlarning 18-23 foizi eshitish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Bu holat qayta tiklanadigan jarayon hisoblanadi. Quloq bitishi, kasallikdan tuzalganlarning 1,5-2 foiz holatlarida uchraydi va bu bir necha hafta davom etishi mumkin.

Shu bilan birga epidemiolog ayrim holatlarda koronavirus infeksiyasidan soʻng oʻtkir neyrosensor karlik kuzatilishi mumkinligini aytgan.

“Buning asosiy sababi maʼlum emas, ammo buni koronavirus infeksiyasi qoʻzgʻatmoqda”, – deydi “Rospotrebnadzor” Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik va analitik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Natalya Pshenichnaya.