Koronavurus balosi Olimpiadaga jiddiy xavf solmoqda

  • 10:59 / 22.07.2021
  • 150

Tokio Olimpiadasi boshlanmasdan turib, koronavirus tufayli unda ishtirok eta olmaydigan sportchilar soni borgan sari ko‘paymoqda. Birgina Chexiyadelegatsiyasining o‘zida 3 nafar sportchining tahlili musbat chiqdi. 

Sohil voleybol jamoasi murabbiyi Simon Naush hamda jamoa a’zosi Ondrjey Perushich, shuningdek stol tennisi vakili Pavel Siruchek shular jumlasidandir. 

Kasallik yuqtirganlar orasida Buyuk Britaniya vakili, ayollar o‘rtasida o‘q otish musobaqasi ishtirokchisi Ember Xill, AQSH delegatsiyasi vakili, sohil voleyboli jamoasi a’zosi Teylor Krebb, niderlandiyalik skeytbord ustasi Kendi Jeykobs, rossiyalik suzuvchi, Yevropa chempioni Ilya Borodinlar ham bor. 

Eng achinarlisi, pandemiya munosabati bilan butun boshli delegatsiyalar ham o‘yinlarda ishtirok etmasliklarini ma’lum qilmoqdalar. Dastlab KXDR hukumati o‘z delegatsiyasini Tokioga yubormasligini ma’lum qilgan edi. 

Kecha esa, Gvineya sport vaziri Sanussi Bantama Sou koronovirus tufayli ushbu mamlakat sportchilari Olimpiadada ishtirok etmasliklarini ma’lum qildi. 

Tokio olimpiadasida ishitrok etish uchun 5 nafar gvineyalik sportchi litsenziyani qo‘lga kiritgan bo‘lib, ular suzish (2 nafar), erkin kurash, dzyudo va yugurish musobaqalarida ishtirok etishlari lozim edi.