Kosmosda unutib qoldirilgan buyumlar haqida bilasizmi?

  • 15:45 / 26.02.2020
  • 1545

Fazoga sayr uyushtirgan ayrim kosmonavtlar o‘zidan keyin ayrim buyumlarini unutib qoldirgan hollari ham uchrab turgan. Bu buyumlarning ba’zilarini qaytib ko‘rishgan, ba’zilari esa noma’lum tomonga qarab yo‘l olgan. Quyida Yer orbitasida unutib qoldirilgan eng qiziq narsalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. 

Qo‘lqop
1965-yil tarixda birinchi marta amerikalik kosmonavt fazoda sayr qilib keldi. Astronavt, injener, AQSh harbiy havo kuchlari podpolkovnigi Ed Uayt ushbu sayrda qo‘lqopini yo‘qotib qo‘yibdi. U “Gemini-4” kemasi bortida fazoga ko‘tarilib, sayyoramizni oysimon shaklda aylanib chiqdi va shu bilan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari safidan o‘rin oldi. Biroq qo‘lqop stratosferada yonib ketgan.

Bir sumka buyumlar
Fazogir ayol Xaydemari Stefanishin-Payper bitta aksessuar bilan chegaralanib o‘tirmay, butun boshli asboblar solingan sumkani samoda qo‘ldan chiqardi. Xaydemari xalqaro kosmik stansiyasiga o‘rnatilgan quyosh batareyalarini tuzatayotgan vaqtida sumka qo‘lidan chiqib ketib qolgan. Unda 
moylash uchun super zaryadlovchi qurilmalar, bolg‘a, ehtiyot qismlar uchun sumkalar va shu kabi bir qator buyumlar bo‘lgan. Uning og‘irligi 13 kg., talofat moddiy zarari 100 ming dollarni tashkil qilgan. Bu hodisa 2008-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Shu voqeadan so‘ng astronomlar sumkani tez-tez orbitada ko‘rishgan.

Bir sisterna ammiak
2007-yil NASA mutaxassislari Xalqaro kosmik stansiya sovutish tizimini tubdan yangilab chiqishdi. Natijada undan kosmik chiqindi, bir sisterna ammiak ortib qoldi. U hech kimga kerak emasdi, yerga olib tushish ham rejaga kiritilmagan. Shu bois 600 kilogrammli bu keraksiz modda orbitamizda qariyb bir yilcha aylanib yurdi. Keyin esa Tinch okeani osmonida yonib ketdi.

Jin Roddenberrining xoki
Amerikalik ssenariynavis va prodyuser, “Yulduz yo‘li” televizion seriali asoschisi Jin Roddenberri 1991-yil 24-oktabrda vafot etgan. O‘limi oldidan u vasiyatnoma yozib, jasadi kulini ochiq fazoga sochib yuborishlarini so‘ragan. Marhumning xohishi 1997-yilda “Pegasus” raketasida, maxsus kapsulaga solib, amalga oshirildi. Roddenberrining xoki yana 23 nafar fazogirlar xoki bilan birga osmonga ko‘tarilgan.

Omburlar
2007-yilda amerikalik astronavt Skott Paradzinski xuddi Xaydemari Stefanishin-Payper kabi qo‘lidagi omburni ushlab tura olmadi. Keyinroq bu asbobni stansiya yonida to‘lqinsimon shaklda suzib yurganini ko‘rib qolishgan.

Fotoapparat
Xuddi shu 2007-yilda amerikalik yana bir fazogir, NASA astronavti Suni Uilyams ochiq fazoda ishlay turib fotoapparatini qo‘ldan chiqardi. U ham noma’lum tomonga suzib ketdi. Biroq uni boshqa hech kim qaytib ko‘rmagan.