O‘zbekistonda kriptovalyuta "oldi-sotdi"siga rasman ruxsat berilishi mumkin

  • 15:06 / 30.04.2021
  • 287

Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, Nizomning tegishli bandi "O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga haqli. 

Sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir" matni bilan o‘zgartirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjada faqat kripto-aktiv va tokenlarni faqatgina sotishga doir bitimlarni tuzishga haqli.