Krishtianu Ronaldu o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rmoqchi

  • 15:31 / 29.12.2019
  • 428

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin qanday ish bilan shug‘ullanmoqchi ekanini ma’lum qildi.

“Futbolni yakunlagandan keyin o‘qishni qayta tiklashni istardim. Afsuski hayotimda duch keladigan ba’zi savollarga javob topa olmayman, shu sabab e’tiborimni o‘qishga qaratmoqchiman.

Hayron qoldiradigan yana bir niyat bor — men o‘zimni kinoda aktyor sifatida sinab ko‘rishni istardim”, — deydi Ronaldu.

Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Portugaliyalik futbolchi ushbu kelishuv muddati yakunlangan vaqtda 37 yoshda bo‘ladi.

Ushbu mavsum Ronaldu Italiya A Seriyasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘n gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.