Krishtianu Ronaldu “Real”ga qaytmoqchi-mi?

  • 18:23 / 02.03.2020
  • 430

Portugaliya terma jamoasi hamda Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridning “Real” klubiga qaytish ehtimoli bor. Bu haqda ispaniyalik taniqli jurnalist va Ronalduning yaqin do‘sti Edu Agirre xabar tarqatdi.

“Sizlarga shuni aniq aytishim mumkinki, Krishtianu Ronaldu yana “Real” tarkibida o‘ynashni orzu qilayapti. U Madriddagi mehrni sezdi, u “Santyago Bernabeu”ga tashrif buyurganida hayajonga tushdi.
To‘g‘ri, hozirda u bor e’tiborini “Yuventus” klubiga qaratgan. Ammo, bu futbol. Unda hech narsani bashorat qilib bo‘lmaydi”, – dedi Agirre El Chiringuito TV telekanaliga bergan intervyusida.

Biroz avval, “Real” forvardi Vinisius “Barselona” bilan o‘yinda Ronaldu klub yechinish xonasiga kirib futbolchilarni g‘alabaga ilhomlantirgani haqida gapirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 1-mart oqshomida Ispaniyaning ikki grand klubi – “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvni stadionda kuzatgan edi.