Ksikrin  — hindularning qadimiy qabilasi

  • 11:11 / 02.12.2019
  • 476

Ksikrinlar Braziliya hududida, Amazonkaning tropik o‘rmonlarida istiqomat qilishadi. Ular o‘zlarini “Katta suv odamlari” deb atashadi. Ular tashqi dunyodan uzilgan o‘z olamida tabiat bilan hamohanglikda  yashashadi. Ruhlarga ishonishadi, qadimiy diniy marosimlarini kanda qilishmaydi.   
Ksikrinlarning qishloqlari daryo va irmoqlarga yaqin joylashgan. Daryo ularning yagona transport vositasi va oziq manbaidir. Dehqonchilikdan tashqari ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishadi. O‘rmondagi o‘simliklar mevalarini terishadi.  

Uy yumushlaridan bo‘sh vaqtlarida do‘stlari, qarindoshlari, qo‘shnilarining badanlariga, yuz-ko‘zlariga rasm chizish qabila ayollarining sevimli mashg‘ulotiga aylangan. Bu san’atning o‘ziga xos jihatlarini egallash uchun oz emas-ko‘p emas, 12 yil kerak bo‘ladi. 

Ular qora bo‘yoqni xush ko‘rishadi. Bo‘yoqni o‘zlari tayyorlashadi. Bu rang ularni ajdodlari ruhi bilan bog‘lashiga, ota-bobolari hayotiy ko‘nikmalarni hasharotlardan o‘rganishganiga ishonashadi.  Qolaversa, qora bo‘yoq qalin o‘rmonda yashirinish imkonini ham beradi. Adashmaslik uchun oyoqlarini qizil rangga bo‘yashadi. Oyoqqa surilgan qizil rang yurganda yerga yuqib, iz qoldirib boradi. Agar adashib qolishsa, ana shu izlar ularga uylarini topishga yordam beradi. 

Bananlarning pishib yetilishi qabila ahliga diniy marosim o‘tkazish vaqti yetgnligini bildiradi. Qabila erkaklari ana shu marosim uchun go‘sht va boshqa oziq moddalarini to‘plash uchun bir-ikki haftani mo‘ljallab ovga ketishganida,  ayollari qishloqda qolib, manioki (tropik o‘simlik)dan un tayyorlashlari, shirin kartoshka va juda ko‘p banan yig‘ishlari zarur bo‘ladi. 

Bu bayramda qush patidan tayyorlangan mahsus bosh kiyimlari kiyiladi. Erkaklari o‘zlarini tartibga keltiradi, ayollar qizil rangli bo‘yoqlar bilan yuzlariga naqshlar chizishadi. Bolalarni ham yasantirishadi. Jamoaviy suratga tushirishadi.

Bayram ham umumiylik, ham alohidalik kasb etadi. Erkaklar jamoasi alohida, ayollar alohida bo‘lib bayram qilishadi. Bolakaylari o‘zlarining kuchli, epchil va chaqqon ekinliklarini mahsus o‘yinlarda namoyish qilishadi. Arilar uyasini buzib, ular bilan kurashishadi. Arilar bu xalq uchun qadimdan dushman ma’nosini anglatgan.