Kun retsepti: Bananli toblama

  • 16:03 / 22.07.2021
  • 82

Yumshoqqa biskvit va banan uygʻunligi sizni oʻziga rom etishi aniq!

Kerakli masalliqlar:

• Un – 120 gr

• Banan – 255 gr

• Shakar – 50 gr

• Qavartma – 18 gr

• Tuxum – 1 dona

• Oʻsimlik yogʻi – 75 gr

• Tvorogli pishloq – 450 gr

• Qandupa – 50 gr

• Qaymoq – 50 gr

• Tuxum sarigʻi – 1 dona

Tayyorlanishi:

1. Banan pyure holatiga keltirib olinadi.

2. Un, qavartma va shakar oʻzaro aralashtiriladi.

3. Banan pyuresi ichiga oʻsimlik yogʻi va tuxum sarigʻi qoʻshiladi.

4. Idish ichiga quruq masalliqlar solinadi va xamir qoriladi.

5. Pishloq, qaymoq, qandupa va tuxum sarigʻi oʻzaro qorishtiriladi.

6. Massa venchik yordamida obdon koʻpirtiriladi.

7. Aralashma qandolat qopiga solinadi.

8. Toblama qolipi ichiga pergament qogʻoz toʻshaladi va xamirning uchdan bir qismi joylanadi.

9. Pishloqli nachinka qolip oʻrtasiga siqib chiqariladi.

10. Nachinka ustidan xamirning qolgan qismi quyiladi va banan boʻlaklari terib chiqiladi.

11. Toblama 170 daraja haroratda 30-40 daqiqa pishiriladi.

Manba