Kun retsepti: Byof burgion

  • 11:22 / 23.09.2021
  • 103

Kerakli masalliqlar:

• Sariyogʻ – 50 gr

• Mol goʻshti – 800 gr

• Un – 2 oshqoshiq

• Yogʻli qoʻy goʻshti – 120 gr

• Sarimsoq – 2 boʻlak

• Piyoz – 6 dona

• Sabzi – 4 ta

• Mol goʻshti bulyoni – 1 litr

• Shampinyon – 15 dona

Tayyorlanishi:

1. Mol goʻshti oʻrta kattalikda maydalab olinadi.

2. Qoʻziqorinlarning har biri 4-5 boʻlakka boʻlib chiqiladi.

3. Sariyogʻ idish ichida eritib olinadi.

4. Goʻsht boʻlaklari sariyogʻda qovuriladi.

5. Goʻsht qizarganidan keyin idish ichiga un qoʻshiladi.

6. Qovurilgan goʻsht alohida idishga olib qoʻyiladi, idish ichidagi yogʻda toʻgʻralgan qoʻy goʻshti va sarimsoq qovuriladi.

7. Masalliqlar ustidan toʻgʻralgan piyoz va sabzi qoʻshiladi.

8. Taom 5-7 daqiqa davomida qovuriladi, keyin esa ustidan idishga olib qoʻyilgan goʻsht boʻlaklari ham solinadi.

9. Idish ichiga bulyon quyiladi.

10. Taom qaynash holatiga kelganidan soʻng olov pasaytiriladi va 1,5-2 soat davomida qaynatiladi. Ovqat tayyor boʻlishiga 15 daqiqa qolganda idish ichiga qoʻziqorin boʻlaklari solib yuboriladi.

11. Tayyor taom kartoshka pyuresi bilan birga dasturxonga uzatiladi.