Kun retsepti: Chak-chak

  • 10:53 / 19.07.2021
  • 90

Arafa dasturxonining anʼanaviy shirinliklaridan biri boʻlmish chak-chakni ushbu retsept asosida tayyorlab koʻring.

Kerakli masalliqlar:

• Un – 400 gr

• Tuxum – 4 dona

• Asal – 300 gr

• Shakar – 200 gr

• Oʻsimlik yogʻi – 1 litr

• Soda – 0,5 choyqoshiq

• Tuz – 3 gr

Tayyorlanishi:

1. Tuxum tuz va soda bilan koʻpirtiriladi. Ish stoli ustiga un sepib olingach, oʻrtasiga tuxum aralashmasi quyiladi va xamir qoriladi. Xamir oziq-ovqat plyonkasiga oʻraladi va 20 daqiqa tindiriladi.

2. Xamir yupqa yoyilib, qurishi uchun biroz qoldiriladi. Keyin esa 5 sm qalinlikda somoncha shaklida kesiladi.

3. Xamir boʻlaklari stol ustiga yoyiladi.

4. Xamir qizib turgan yogʻga solingach, muntazam ravishda aralashtirib turgan holatda 2 daqiqadan qovurib olinadi. Keyin esa qogʻoz salfetka ustiga qoʻyiladi.

5. Shakar asal bilan aralashtirilib, olov ustiga qoʻyiladi va bir necha daqiqa qaynatiladi.

6. Issiq sirop pishgan xamir boʻlaklari ustidan quyiladi va ehtiyotkorlik bilan qorishtiriladi. Sirop asta-sekin sovishni boshlagach, qoʻllar sovuq suvda chayib olinadi va chak-chakka istalgancha shakl beriladi.

7. Tayyor shirinlikni taʼbga koʻra bezatish mumkin.