Kun retsepti: Chernikali pirog

  • 14:44 / 11.06.2021
  • 82

Chernika oʻta kam kaloriyali mahsulot boʻlib, foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning asosida tayyorlangan mazkur shirinlik esa xushtaʼmligi bilan sizga maʼqul keladi.

Kerakli masalliqlar:

Asos uchun:

• Sariyogʻ – 150 gr

• Kokos shakari – 100 gr

• Tuz – 6 gr

• Qavartma – 5 gr

• Tuxum – 1 dona

• Tuxum sarigʻi – 3 dona

 

Nachinka uchun:

• Muzlatilgan chernika – 300 gr

• Kokos shakari – 300 gr

• Joʻxori kraxmali – 27 gr

 

 

Tayyorlanishi:

1. Asos uchun kerakli barcha masalliqlar (tuxum va tuxum sarigʻidan tashqari) blender yordamida qorishtiriladi.

2. Tuxum va tuxum sarigʻi alohida idishda aralashtirib olinadi.

3. Aralashma ichiga oz-ozdan tuxum qoʻshiladi va yumshoq xamir qoriladi.

4. Xamir ikki qismga boʻlinadi va har ikkisi oziq-ovqat plyonkasiga oʻraladi. Xamirning bir boʻlagi muzlatkichga, ikkinchisi esa muzxonaga joylashtiriladi.

5. Chernika kokos shakari (260 gr) bilan birga olov ustiga qoʻyiladi.

6. Qolgan kokos shakari (40 gr) va joʻxori kraxmali alohida idishda aralashtirib olinadi.

7. Kraxmalli aralashma chernikali asos ustidan sepiladi.

8. Aralashma 4-5 daqiqa davomida qorishtirib turiladi.

9. Muzlatkich ichidagi xamir 6 mm qalinlikda yoyiladi. Gaz pechi patnisiga silikon gilamcha toʻshalgach, ustidan toʻrtburchak shaklda kesib olingan xamir yoyiladi.

10. Xamir ustidan qolip joylashtiriladi va ichiga nachinka quyiladi.

11. Muzxona ichidagi xamir qirgʻichdan oʻtkaziladi va nachinka ustidan sepib chiqiladi.

12. Pirog 170 daraja haroratda 30-40 daqiqa pishiriladi.

Manba