Kun retsepti: Italyancha ponchiklar

  • 15:31 / 27.07.2021
  • 186

Italiyada bu turdagi ponchiklarni Zeppole deb atashadi. Uni pishirish juda oson boʻlgani bois, uy sharoitida ham tayyorlab koʻrish mumkin.

Kerakli masalliqlar:

• Un – 300 gr

• Qavartma – 1,5 choyqoshiq

• Shakar – 80 gr

• Apelsin – 1 dona

• Olma – 1 dona

• Sut – 60 gr

• Tuxum – 1 dona

• Achchiq damlangan qahva – 30 gr

• Qandupa

• Oʻsimlik yogʻi

Tayyorlanishi:

1. Apelsin sedrasi ajratiladi.

2. Yarimta olma qirgʻichdan oʻtkaziladi.

3. Yarimta apelsin sharbati siqib olinadi.

4. Apelsin sharbati, sedrasi va qirgʻichlangan olma oʻzaro aralashtiriladi.

5. Masalliqlar ustidan un, qavartma va shakar solinadi.

6. Keyin esa idish ichiga sut va qahva quyib, 1 ta tuxum chaqiladi.

7. Masalliqlar obdon aralashtirilib, qattiq xamir qoriladi.

8. Xamirdan kichik boʻlaklar kesiladi va qizdirilgan yogʻda qovuriladi.

9. Pishib, sovigan ponchiklar ustiga qandupa sepib, bezak berish mumkin.

Manba