Kun retsepti: “Korn Dog” gazagi

  • 15:46 / 04.05.2021
  • 66

Tabiat qoʻynida dam olishga otlangan vaqtingizda ushbu gazakdan pishirib olishni unutmang. Uni isteʼmol qilish qulay boʻlgani sababli kichik yoshli bolakaylarga ham yoqib tushadi!

Kerakli masalliqlar:

* Un – 100 gr

* Joʻxori uni – 100 gr

* Shakar – 15 gr

* Paprika – 2 gr

* Osh sodasi – 5 gr

* Qavartma – 5 gr

* Tuxum – 1 dona

* Sut – 90 gr

* Sosiska – 8 dona

* Oʻsimlik yogʻi – 350 gr

Tayyorlanishi:

1. Barcha masalliqlar mikser yordamida qorishtiriladi.

2. Sosiskalar qaynatib olinadi. Soviganidan keyin har biriga tayoqcha suqib chiqiladi.

3. Pishgan sosiskalar unga belanadi.

4. Asosiy massa uzun stakan ichiga solinadi.

5. Sosiska stakan ichidagi massaga botiriladi.

6. Gazaklar qizdirilgan oʻsimlik yogʻida qovuriladi.

7. Pishgan sosiskalar qogʻoz salfetka ustida bir muddatga qoldiriladi.

8. Tayyor gazakni ketchup yoki mayonez bilan birga dasturxonga tortish mumkin.

 

Manba