Kun retsepti: Laymli keks

  • 14:00 / 12.10.2021
  • 76

Kerakli masalliqlar:

• Sariyogʻ – 200 gr

• Un – 260 gr

• Laym – 3 dona

• Zanjabil – 30 gr

• Shakar – 150 gr

• Jigarrang shakar – 100 gr

• Tuxum – 4 dona

• Qavartma – 10 gr

Glazur uchun:

• Qandupa – 150 gr

• Laym sharbati

Tayyorlanishi:

1. Laym sedrasi qirgʻichdan oʻtkaziladi, zanjabil mayda toʻgʻraladi.

2. Shakarning har ikki turi, yumshatilgan sariyogʻ, sedra va zanjabil oʻzaro qorishtiriladi.

3. Masalliqlar ustidan 1 ta tuxum chaqiladi.

4. Un qavartma bilan aralashtiriladi.

5. Unli qorishma asosiy massa ichiga solinadi.

6. Xamir pergament qogʻoz toʻshalgan keks qolipi ichiga joylanadi.

7. Keks 160 daraja haroratda 40-45 daqiqa pishiriladi.

8. Uchta laym sharbati qaynash holatiga keltiriladi, ozroq sovigach, keksga singdiriladi.

9. Glazur uchun laym sharbati qandupa bilan aralashtirib olinadi va shirinlik ustidan quyiladi.

10. Tayyor keks laym boʻlaklari bilan bezatiladi.

Manba