Kun retsepti: Olmali ponchiklar

  • 15:17 / 15.09.2021
  • 164

Ponchik – shirinliklarni unchalik ham xush koʻrmaydigan, ammo kuzning sokin oqshomlarida shirinlik darajasi meʼyorida boʻlgan desert bilan yengil tamaddi qilishni istaydigan odamlar uchun ayni muddao.

Kerakli masalliqlar:

• Tuxum – 1 dona

• Oʻsimlik yogʻi – 10 gr

• Shakar (panela)

• Olma pyuresi – 150 gr

• Dolchin –  5 gr

• Muskat yongʻogʻi – 3 gr

• Un – 250 gr

• Qavartma – 10 gr

• Qaymoq – 100 gr

Sepma uchun:

• Shakar – 150 gr

• Dolchin – 10 gr

• Sariyogʻ – 70 gr

Tayyorlanishi:

1. Shakar, olma pyuresi, dolchin, muskat yongʻogʻi va oʻsimlik yogʻi oʻzaro aralashtiriladi.

2. Aralashma ichiga un, qavartma va qaymoq qoʻshib, xamir qoriladi.

3. Tayyor xamir qandolat qopchasi ichiga joylanadi.

4. Ponchik uchun moʻljallangan silikon qoliplar xamir bilan toʻldiriladi.

5. Shirinliklar 140 daraja haroratda 20-40 daqiqa pishiriladi.

6. Shakar va dolchin oʻzaro aralashtiriladi. Sariyogʻ esa alohida idishda eritiladi.

7. Ponchik sariyogʻ ichiga botirib olinadi.

8. Shirinlik shakar sepmasiga belanadi.

Manba