Kun retsepti: Qahvali tart

  • 15:30 / 21.07.2021
  • 75

Tartlarning ajoyib jihati nimada bilasizmi? Ularni istalgan oʻlchamda, oʻzingizga yoqadigan koʻrinishda tayyorlashingiz mumkin. Bizning navbatdagi retsept qahva ishqibozlariga xush yoqishi aniq.

Kerakli masalliqlar:

Qahvali krem uchun:

• Shakar – 70 gr

• Qaymoq – 300 gr

• Tuxum sarigʻi – 7 dona

• Espresso qahvasi – 85 gr

Asos uchun:

• Sariyogʻ – 90 gr

• Qandupa – 50 gr

• Un – 200 gr

• Yongʻoq uni – 25 gr

• Tuxum – 43 gr

• Eruvchan qahva – 3-4 gr

Tayyorlanishi:

1. Qaymoq espresso qahvasi bilan birga aralashtiriladi va olov ustiga qoʻyiladi.

2. Tuxum sarigʻi va shakar oʻzaro koʻpirtirib olinadi.

3. Olov ustidagi massa qiziganidan keyin ustidan koʻpirtirilgan tuxum sarigʻi asta-sekin quyiladi.

4. Aralashma gʻalvirdan oʻtkazib olinadi va alohida idish ichiga quyiladi. Ushbu aralashmani toʻliq sovitishingiz kerak.

5. Asos uchun barcha masalliqlar oʻzaro aralashtirilib, xamir qoriladi.

6. Xamir ikkita pergament qogʻoz orasida yoyib olinadi.

7. Yoyilgan xamir qolip ichiga joylanadi va bir nechta joyidan sanchqi bilan teshib chiqiladi. Tayyor xamir muzxonaga yarim soatga solib qoʻyiladi. Keyin esa 170 daraja haroratda qizarguniga qadar pishiriladi.

8. Xamir asos ichiga qahvali krem quyilgach, tart yana 1 soat davomida 120 daraja haroratda pishirib olinadi. Tayyor shirinlikning oʻrtasi chizkeyk kabi holatda boʻlishi kerak.

9. Tartning ustki qismi taʼbga koʻra bezatiladi.

 

 

Manba