Kun retsepti: Rezavorli tart

  • 15:25 / 20.09.2021
  • 131

Kerakli masalliqlar:

• Sariyogʻ – 225 gr

• Shakar – 100 gr

• Tuxum – 1 dona

• Un – 330 gr

• Kraxmal – 20 gr

• Vanilli shakar – 30 gr

Tayyorlanishi:

1. Sariyogʻ shakar bilan birga mikser yordamida koʻpirtiriladi.

2. Masalliqlar ustidan tuxum chaqiladi.

3. Idish ichiga vanilli shakar, kraxmal va un solinadi.

4. Masalliqlardan yumshoq xamir qoriladi.

5. Xamir oziq-ovqat plyonkasiga oʻraladi va bir soatga muzlatgichga solib qoʻyiladi.

6. Tingan xamir bir nechta boʻlaklarga boʻlib chiqiladi. Xamir boʻlaklari ikki qavat pergament qogʻoz oʻrtasida yoyiladi.

7. Xamirdan aylana boʻlaklar kesib olinadi. Kesilgan boʻlak tart qolipidan kattaroq boʻlishi lozim.

8. Xamir qolip ichiga joylashtiriladi, chetlarida devorlar hosil qilinadi.

9. Xamirning ortiqcha qismi kesib tashlanadi.

10. Xamir ichiga guruch toʻldiriladi.

11. Korjlar 180 daraja haroratda 15-20 daqiqa pishiriladi.

12. Korjlar qolip ichidan chiqarib olingach, guruch donalari olib tashlanadi.

13. Korjlarning ichki qismi istalgan turdagi krem bilan toʻldiriladi.

14. Shirinliklarning ustki qismi taʼbga koʻra reza mevalar bilan bezatiladi.

Manba