Kun retsepti: Shokoladli keks

  • 12:41 / 14.09.2021
  • 83

Brauni va shokoladli keks retsepti asosida tayyorlanadigan mazali shirinlik retseptini sinab koʻring!

Kerakli masalliqlar:

• Qora shokolad – 180 gr

• Sariyogʻ – 120 gr

• Tuxum – 4 dona

• Shakar – 200 gr

• Kakao – 75 gr

• Qavartma – ½ choyqoshiq

Tayyorlanishi:

1. Sariyogʻ va shokolad suv bugʻida eritiladi.

2. Tuxum va sariyogʻ alohida idishda 3-4 daqiqa davomida koʻpirtiriladi.

3. Koʻpirtirilgan tuxum ichiga shokoladli massa quyiladi.

4. Masalliqlar ustidan kakao va un elanadi.

5. Tayyor xamir toʻq jigarrang tusda va oʻrtacha suyuqlikda boʻlishi kerak.

6. Xamir qandolat qopi ichiga joylanadi.

7. Kichik qolipchalarning 2/3 qismi xamir bilan toʻldiriladi.

8. Kekslar 170 daraja haroratda pishiriladi.

9. Tayyor kekslar istalgan turdagi krem bilan bezatiladi.

Manba