Kun retsepti: Shokoladli muss

  • 14:22 / 13.10.2021
  • 83

Kerakli masalliqlar:

• Achchiq shokolad – 200 gr

• Qaymoq – 200 ml

• Suv – 3 oshqoshiq

• Eruvchan qahva – 1 oshqoshiq

• Sariyogʻ – 3 oshqoshiq

• Shakar – 3 oshqoshiq

• Tuxum sarigʻi – 3 dona

• Tuxum oqi – 3 dona

Tayyorlanishi:

1. Qaymoq mikser yordamida 5-6 daqiqa koʻpirtiriladi va muzlatgichga solib qoʻyiladi.

2. Tuxum sarigʻi shakar bilan koʻpirtirib olinadi.

3. Idish ichiga suv quyib, olov ustiga joylashtiriladi. Uning ustidan yana bitta idish joylanadi va suv hammomi hosil qilinadi. Bunda idishning pastki qismi suvga tegib turmasligi kerak. Idish isiganidan keyin ichiga shokolad, sariyogʻ, suv va qahva solinadi. Masalliqlar qorishtirilgach, suv ustidan olinadi.

4. Massa biroz soviganidan keyin ichiga tuxum sarigʻi solinadi. Buni asta-sekinlik bilan bajarish kerak, yoʻqsa tuxum sarigʻi pishib qolishi mumkin.

5. Tuxum oqi 5-10 daqiqa davomida koʻpirtiriladi.

6. Koʻpirtirilgan tuxum oqi shokoladli massa ichiga qoʻshiladi.

7. Aralashma kichik qolipchalar ichiga quyiladi va ustki qismi avval plyonka, keyin folga qogʻozi bilan yopiladi.

8. Desert 2-3 soatga muzlatgichga solib qoʻyiladi.

9. Tayyor desertni taʼbga koʻra bezatish mumkin.

Manba