Kun retsepti: Shokoladli tort

  • 14:57 / 14.10.2021
  • 107

Kerakli masalliqlar:

• Un – 235 gr

• Soda – 7 gr

• Tuz – 1 choyqoshiq

• Kakao – 65 gr

• Shakar – 300 gr

• Tuxum – 2 dona

• Sariyogʻ – 60 gr

• Zaytun yogʻi – 60 gr

• Vanil ekstrakti – 2 choyqoshiq

• Sut – 260 gr

• Uzum sirkasi – 1 oshqoshiq

Bezak uchun:

• Shokoladli krem

• Reza mevalar

Tayyorlanishi:

1. Un, soda, tuz, shakar va kakao oʻzaro qorishtiriladi.

2. Masalliqlar ustidan yumshatilgan sariyogʻ, zaytun yogʻi, vanil ekstrakti, sut va uzum sirkasi solinadi.

3. Aralashma 3-4 daqiqa davomida mikser yordamida qorishtiriladi.

4. Xamir pergament qogʻoz toʻshalgan qolip ichiga joylanadi.

5. Shirinlik 155 daraja haroratda 50-90 daqiqa pishiriladi.

6. Sovigan biskvitning ustki qismi shokoladli krem va reza mevalar yordamida bezatiladi.

Manba