Kun retsepti: Tovuq goʻshtidan mazali taom

  • 14:57 / 08.06.2021
  • 108

Kechki taom dasturxoniga koʻrk bagʻishlovchi mazali taom retseptini sinab koʻring.

Kerakli masalliqlar:

• Kartoshka – 3 dona

• Qovoq – 150 gr

• Tovuq – 600 gr

• Zaytun yogʻi

• Tuz va murch

• Xantal – 4 oshqoshiq

• Xantal donachalari – 1 oshqoshiq

• Piyoz – 1 dona

 

 

Tayyorlanishi:

1. Garnir uchun tozalangan kartoshka 1 sm qalinlikda toʻgʻrab chiqiladi.

2. Qovoq toʻrtburchak shaklda kesiladi.

3. Masalliqlar toblama qolipi ichiga joylanadi va ustidan zaytun yogʻi quyiladi.

4. Marinad uchun piyoz mayda toʻgʻraladi.

5. Xantal, xantal donachalari va piyoz oʻzaro aralashtiriladi.

6. Aralashma ichiga 2 oshqoshiq zaytun yogʻi quyiladi.

7. Tovuq goʻshti ustiga marinad qorishmasi surtiladi va qolip ichidagi masalliqlar ustidan joylanadi.

8. Taom 190 daraja haroratda 30-40 daqiqa pishiriladi.

Manba