Kun tarixi: Krishtianu Ronaldu 35 yoshda. Uning AQSh prezidenti Reyganga qanday aloqasi bor?

  • 12:34 / 05.02.2020
  • 2877

Bugun Krishtianu Ronaldu o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Tirik afsonaga aylangan sportchi futbol tarixidagi yutuqlarga qanday erishgan? Buni bilish hammamiz uchun qiziq, albatta.

Krishtianu Ronaldu dush Santus Aveyru 1985-yilning 5-fevralida Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Otasi Joze Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSh prezidenti Ronald Reygan sharafiga qoʻygan. 

Ronaldu 3 yoshidan boshlab futbol oʻynay boshlaydi. U olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida sportga boʻlgan muhabbati ota-onasiga yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning oʻsmirlar orasidagi eng sevimli jamoasi “Benfika” klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay u keyinroq ularga raqib bo‘lgan “Sporting” jamoasiga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan “Andorinya” jamoasi uchun toʻp suradi.

1995-yili atigi oʻn yoshida Krishtianu Ronaldu shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari “Maritimo” va “Nasyonal” u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qolishadi. Kattaroq jamoa boʻlgan “Maritimo”, “Andorinya”ning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi, va natijada Ronaldu “Nasyonal”ga qoʻshiladi. “Nasyonal”dagi yutuqlaridan soʻng Ronaldu Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik “Sporting”da oʻynaydi va oqibatda “Sporting”da qoladi. 
Ronaldu “Sporting”ning “Alkochete” “futbol fabrikasi”da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldu oʻz debyutini Lissabonning “Sporting”i uchun “Moreyrense”ga qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan, u Portugaliya tarkibida UEFA’ning U-17 chempionatida toʻp suradi.
Uning UEFA U-17 chempionatida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan “Liverpul” murabbiyi Jerar Ulye qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik “Liverpul” uni rad etadi, chunki Ronaldu juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida Lissabondagi “Alvalade XXI” stadionining ochilish marosimida “Sporting” “Manchester Yunayted”ni 3-1 hisobi bilan yutganida Ronaldu Ser Aleks Fergyusonning diqqatini tortadi. O‘shanda Ronaldu ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etgan edi. Matchdan soʻng “qizil iblislar”ning oʻyinchilari yosh isteʼdod sohibi haqida gapirib, kelajakda u bilan o‘ynash istaklarini bildirishadi. 

Oxir-oqibat “MYu” Krishtianuni 2003-yili 12.24 million dollarga sotib oladi. Ronaldu “Manchester Yunayted” uchun debyutini 2003-yil 10-avgust “Old Trafford”da boʻlib oʻtgan “Bolton Uonderers”ga qarshi oʻyinning 60 daqiqasida zahiradan maydonga tushib boshlaydi. O‘yinda o‘zini ko‘rsatganidan soʻng, u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlanadi.

Mana shunday qilib uning yulduzlik onlari boshlanib ketadi. 
Jahon chempionatida Ronaldu oʻzining birinchi golini Eronga qarshi uchrashuvda penaltidan uradi.

Futbolchi qancha ishlab topadi?

2016-yili Forbs “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni dunyoning eng ko‘p pul topadigan futbolchisi sifatida e’lon qildi. Klub bilan shartnomasi va turli bonuslar unga 52 million yevrodan ko‘proq mablag‘ olib keldi, qo‘shimcha tijorat bitimlari esa - yana 30 million yevro olib keldi. Bu jahonning eng mashhur basketbolchisi LeBron Jeyms natijasidan 10 mln. yevroga ko‘p. Ayni damda Ronalduning biznesi kengayishda davom etmoqda.

Reklama shartnomalari
Krishtianuning hamkorlari orasida Nike ajralib turadi. Sport ekipirovkasi ishlab chiqaruvchi kompaniya Ronaldu 18 yoshga to‘lganida portugaliyalikning birinchi shaxsiy hamkori bo‘lgan. Tomonlar hamkorlikdan shunchalik mamnunki, xatto Ronaldu Nike bilan bir umrlik shartnoma tuzdi - yiliga 22,5 mln. yevro. Bu yo‘l bilan Krishtianu millard dollardan ortiq mablag‘ ishlashi mumkin.

Ronaldu Nike bilan bir umrlik shartnoma tuzgan uchinchi insonga aylandi – bungacha Maykl Jordan va LeBron Jeyms bu muvaffaqiyatga erishgan. Krishtianu internetda mashhur bo‘lganligi tufayli Amerika giganti u bilan hamkorlik qiladi: homiylik shartnomalarining auditiga moslashgan Hookit platformasi Ronalduning Nike nomi yodga olingan ijtimoiy tarmoqlardagi 347 ta reklamasini 469 mln. yevroga baholagan. Oddiy misol: Yevro-2016’da Portugaliya g‘alabasidan so‘ng Ronaldu Instagram’ga joylagan surat (1,75 mln. layk, 13 ming izoh) 5,5 mln. yevroga baholandi.

Ronaldu sport sohasida internetda raqibi yo‘q yetakchi: Facebook’dagi o‘quvchilari 120,5 mln., Instagram’da 96,3 mln. o‘quvchi uni kuzatadi, Twitter’da esa - 51,1 mln. 
Ronalduning boshqa homiylari bilan munosabatlar uzoq davom etmadi. 2009-yilda u Devid Bekxem o‘rniga ARMANI brendining “yuz”iga aylandi – bu yiliga 1 mln. yevro olib kelgan, shartnoma muddati 2019-yilda tugagan. Portugaliyalik o‘sha vaqtdan beri motor moyi ishlab chiqaruvchi Castrol bilan hamkorlik qiladi. Avvaliga gonorari yiliga 2 mln. yevro edi, ammo vaqt o‘tishi bilan daromad 6 mln.ga yetdi.
Bundan tashqari, Ronaldu anachadan beri Tag Heuer brendini reklama qiladi. Hozirgacha kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti, ammo Krishtianu bu hamkorlikka o‘zi qiziqish bildirgani aniq, chunki u sifatli soatlarni juda yaxshi ko‘radi. Uning uyida 50 ta turli modeldagi soatlar mavjud. 2014-yilda u “Real”ning barcha futbolchi va xodimlariga narxi 8 ming yevro bo‘lgan soatlar sovg‘a qilgan.

Ronaldu Osiyo bozorini zabt etish uchun “Valensiya” egasi Piter Limga tegishli bo‘lgan, “Mint Media” kompaniyasiga o‘z obrazidan foydalanish huquqini bergan.

Ronalduning asosiy PR-loyihasi 2013-yil Madeyrada ochilgan muzey bo‘ldi. 400 kv. metr joyni egallagan muzeyda futbolchi haqida hamma narsani bilib olishingiz mumkin – “Sporting”dagi ilk sovrinlaridan tortib to beshta “Oltin to‘p”igacha. 

Mehmonxona va trenajyor zallar
Krishtianu Portugaliyaning eng yirik mehmonxonalar tarmog‘i Pestana Hotels hamkoriga aylangan. Uning CR7 brendi ostida Madrid, Madeyra, Lissabon va Nyu-Yorkda to‘rtta yirik mehmonxonalar ishlaydi. Loyihaning umumiy narxi 75 mln. yevroga baholanmoqda va Ronaldu bu yerda faqat brend elchisi emas, balki to‘laqonli investor sifatida ishtirok etadi. U kerakli bo‘lgan mablag‘ning yarmini ajratdi (37 mln. yevro) va loyiha aksiyalarining 50 foizini qo‘lga kiritadi.

Xullas, Krishtianu jahonning eng boy sportchisiga aylanganiga qaramay sayyoramizning eng mashhur insonlari orasida to‘rtinchi o‘rinda turadi.


Nozima RAHMATOVA tayyorlad