Kun tarixi: Quyosh tizimidagi sakkizinchi sayyora – Neptun kashf etilgan kun

  • 09:46 / 24.09.2021
  • 80

1846-yilning 24-sentyabr sanasida Quyosh tizimidagi sakkizinchi sayyora – Neptun kashf etilgan. U kuzatuvlar emas, matematik hisob-kitoblar natijasida koʻra kashf qilingan tarixdagi birinchi sayyoraga aylangan.

Neptun – Quyoshdan eng uzoq masofada joylashgan sayyora hisoblanadi. U Pluton sayyoralar roʻyxatidan chiqarib tashlangach, uning oʻrnini egallagan.

Neptun boshqa gazli gigantlar, jumladan Yupiter, Uran va Saturnga nisbatan oʻlcham jihatidan kichkina.

Quyosh tizimidagi eng kuchli shamollar Neptun sayyorasida esadi, ularning tezligi soatiga 2100 kilometrni tashkil qiladi.

Sayyoralar orasidagi eng sovugʻi ham aynan Neptun ekanligini bilarmidingiz?

Neptunning eng yirik yoʻldoshi boʻlmish Triton bundan 3,5 milliard yil oʻtgach, sayyora gravitatsiyasi taʼsirida parchalanib ketadi, uning parchalari esa sayyora atrofida yana bitta halqa hosil qiladi.

Neptunga yaqin borgan yagona zond – “Voyager-2” sanaladi. Qurilma 1989-yilda Neptun yonida boʻlgan va sayyoraning shimoliy hududidan 3000 kilometr uzoqlikdan oʻtib ketgan.

Neptunda bir yil taxminan 165 kunga teng.

Taxminlarga koʻra, Neptunning toshdan iborat oʻzagi massasi Yerning ogʻirligiga teng keladi.

Neptunning magnit maydoni Yernikiga nisbatan 27 martaga kuchliroq.

Sayyoraga Qadimgi Rimning dengiz ilohi nomi berilgan.

Neptunda bir kun 16 soatdan iborat.

Sayyoraning nima uchun moviy rangda ekanligi bugungi kunga qadar aniqlanmagan.

Neptun sayyorasining 6 ta halqasi bor, ammo Yupiter halqasidan farqli oʻlaroq ular haddan tashqari katta emas, shuning uchun ularni koʻrish juda qiyin. Halqalarning asosi muzlagan suvdan iborat.