Kun tarixi: Yevropadagi eng qadimiy mamlakat – San-Marinoga asos solingan kun

  • 10:27 / 03.09.2021
  • 225

301-yilning 3-sentyabr sanasida Yevropadagi eng qadimgi mamlakat – San-Marinoga asos solingan. Uning oʻsha vaqtlardagi chegaralari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.

San-Marino Respublikasi – dunyodagi eng kichik mamlakatlardan biri. Jahon xaritasiga nazar tashlab, uni topish juda qiyin, ammo ushbu mamlakat qadimiy va boy oʻtmishi bilan haqli ravishda maqtana oladi, mahalliy odamlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan, ular oʻz mamlakatlari bilan gʻururlanishlarini hech kimdan yashirmaydilar.

• San-Marino respublikasi ham xuddi Vatikan kabi barcha tomondan Italiya hududi bilan oʻralgan. Mamlakat hududi 61 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

• San-Marino Oʻrtayer dengiziga yaqin hududga joylashgan boʻlishiga qaramay, qish faslida bu yerda havo harorati -4 -6 darajagacha tushib ketishi mumkin.

• Mamlakat hududidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 220 kilometrdan oshmaydi.

• San-Marino hududida 33 ming kishi hayot kechiradi.

• Respublikaning oʻz pul birligini yoʻq, bu yerdagi rasmiy pul birligi – yevro hisoblanadi.

• San-Marinoda davlat rahbari ikkita. Ular xalq tomonidan saylangan kapitan-regentlar boʻlib, har yarim yilda oʻrin almashib turishadi.

• San-Marinoda bor-yoʻgʻi 30 ta aholi punkti mavjud.

• 1987-yilga qadar San-Marinoda birorta ham mahalliy telekanal boʻlmagan. Respublika va Italiya oʻrtasidagi kelishuvga binoan mamlakatda telemarkaz va radiostansiyalar boʻlishi taqiqlangan edi.

• San-Marinoda davlat tili – italyan tili hisoblanadi, ammo mamlakat aholisining aksariyat qismi ingliz tilida soʻzlashadi.

• San-Marino hududida tugʻilgan odamlarning toʻrtdan bir qismi boshqa mamlakatlarda hayot kechiradilar.

• San-Marino fuqaroligini olish uchun mamlakat hududida 13 yildan koʻp yashagan boʻlish kerak.

• Yer sayyorasidagi boshqa kichik mamlakatlardan farqli ravishda San-Marinoning oʻz armiyasi bor. Ammo, qurolli kuchlarni bor-yoʻgʻi 100 kishini tashkil qiladi.

• San-Marino konstitutsiyasi bundan 16 asr avval qabul qilingan.